Davlat Bobonov nufuzli musobaqada ishtirok etmaydi
Sport
−
03 fevral 2023
4334Dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Davlat Bobonov Parij “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etmaydi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, -90 kg vazn toifasida ishtirok etishi kutilgan Davlat Bobonov kichik jarohati bois, musobaqani o‘tkazib yuboradi. Shunday qilib, turnirda O‘zbekiston sharafini umumiy 7 nafar dzyudochi himoya qiladi.
Tarkib:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov;
-66 kg: Sardor Nurillayev;
-66 kg: Bobur Vadjiyev;
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev;
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev;
+100 kg: Alisher Yusupov;
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov.
Ma’lumot uchun, Parij “Katta dubulg‘a” turniri 4-5 fevral kunlari o‘tkaziladi.
LiveBarchasi