Amaldorlarning xizmat mashinalariga yangi turdagi avtoraqamlar beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish  tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 avgustdan:

•    xizmat avtotransport vositalari respublika davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarlar hamda ularning o‘rinbosarlariga;

•    respublika davlat boshqaruvi organlari tizimidagi tashkilotlar va ularning hududiy bo‘linmalarida birinchi rahbarlarga shaxsan biriktiriladi.

Shuningdek, respublika davlat boshqaruvi organlarida autsorsing shartlari asosida avtobus, taksi va boshqa avtotransportlar xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlarni ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi. 

2021 yil 1 avgustga qadar ularning tegishli ichki ishlar organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi ta’minlanadi hamda buning uchun to‘lov undirilmaydi.

2021 yil 1 avgustdan esa yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmagan tegishli xizmat avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

amaldor xizmat mashinasi

Baholaganlar

661

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing