Dastin va Konor o‘rtasida uchinchi jang o‘tkaziladimi?

Sport

image

Amerikalik UFC jangchisi Dastin Pore irlandiyalik jangchi Konor Makgregor bilan uchinchi jangi o‘tkazilishiga shama qildi.  

Amerikalik sportchi o‘zining Twitter'dagi sahifasida tomonlarning bitimni imzolashiga yaqin qolganiga ishora qilgan va jangning taxminiy sanasini ham ko‘rsatgan. 

"10 iyul", deb yozgan Pore o‘z sahifasida.  

Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasining asosiy bahsida Dastinga nokaut bilan yutqazdi. Bu esa Konorning faoliyatidagi birinchi marta nokaut bilan mag‘lub bo‘lishi edi.  

Bu ikki jangchi birinchi marta 2014 yilning sentyabr oyida to‘qnash kelgan. O‘sha jangda aksincha, irlandiyalik Konor amerikalik Dastinni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Dastin

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing