Dard ustiga chipqon: Pashinyanning otasi vafot etdi
Olam
−
18 dekabr 2020
6994Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyanning otasi Vova Pashinyan 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Armenpress” Hukumat Matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
Unda qayd etilishicha, Vova Pashinyan uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgan.
Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Vova Pashinyan vafotidan avval bir hafta davomida shifoxonada davolangan. U ancha yillardan buyon onkologik kasallik bilan og‘rigan.
Bosh vazir Pashinyanning otasi ko‘p yillar futbol va voleybol bo‘yicha murabbiylik qilgan.
Nikol Pashinyanning onasi Svetlana Pashinyan esa 1987 yilda, u 12 yoshdaligida vafot etgan. Nikol o‘gay onasi tomonidan tarbiyalangan.
Avval xabar berganimizdek, bugun, 18 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan og‘ir yo‘qotish munosabati bilan ishtirok etmayapti.
Yig‘ilish avvalida so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanga otasining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 noyabr kuni Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan uch taraflafa (Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston – tahr.) bayonotga imzo chekkanidan so‘ng, mamlakatda Bosh vazirga nisbatan norozilik namoyishlari boshlandi. Armanistonliklar, siyosiy partiyaliyalar va muxolifat faollari, siyosiy elita, hatto, Prezident Pashinyan iste’fosini talab qilmoqda.
LiveBarchasi