Pashinyan Ozarbayjonga yer almashishni taklif qildi (video)

Olam

−

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan yana Ozarbayjon bilan shartnoma haqida gapirdi va Baku bilan tinchlik qanday bo‘lishi kerakligini tushuntirdi. Bu haqda u kecha, 15 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri efir chog‘ida so‘z ochdi. 

“Kelishuv imzolanishi natijasida Armaniston 29 743 kvadrat kilometr maydonga ega bo‘lishi kerak”, deydi Vazirlar mahkamasi rahbari. 

Bundan tashqari, chegaraning ikkala tomonida ham anklav va eksklavlar bo‘lmasligi lozim. Armaniston va Ozarbayjon tegishli aniq o‘lchamdagi hududlarni o‘zaro almashib olishlari kerak.

Pashinyanning hisoblashicha, barcha yo‘llar va kommunikatsiya tarmoqlari “Tinchlik chorrahasi” loyihasi doirasida ham, undan tashqarida ham ochiq bo‘lishi kerak. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Yerevan va Baku bir-biriga hech qanday talab qo‘ymasligi va “barcha masalalarda bir-birini o‘z holiga qo‘yishi” lozim.

“Hech qanday talablar, jumladan, Qorabog‘, Gardman, Shirvon, Naxichevon yoki G‘arbiy Ozarbayjon logikasi bo‘lmasligi kerak”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Bir necha kun oldin Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan MDH sammitida Ozarbayjon Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar yakunlariga ko‘ra, Bosh vazirda mamlakatlarda tinchlikka aynan shunday shakl berish imkoniyati mavjudligi haqida dastlabki taassurot shakllangan.

Ma’lumot uchun, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar 2020 yildagi 44 kunlik urushdan so‘ng shakllangan kun tartibi bo‘yicha tartibga solinmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasida tinchlik va davlatlararo munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim joriy yilning 8 avgust kuni Vashington tinchlik sammitida dastlabki bosqichda imzolangan edi. Hozirda tomonlar uni to‘liq imzolash va ratifikatsiya qilish, shuningdek, chegaralarni delimitatsiya qilish va transport kommunikatsiyalarini ochish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi urush uchun barcha aybni Armanistonning avvalgi rahbariyati zimmasiga yuklab bo‘lmasligini, biroq mamlakat sobiq rahbarlarining barchasi harbiy jinoyatchilar va munosib jazolarini olishlari kerakligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing