Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyan bilan uchrashdi

Jamiyat

−

image

Bugun, 8 oktyabr kuni Avazadagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston – Armaniston ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Turli darajalarda faol aloqalar yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Yaqinda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazilgan.

O‘zaro savdo hajmi ortib bormoqda, O‘zbekistonda Armaniston sarmoyasi ishtirokida 80 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgan.

Qishloq xo‘jaligi, zargarlik, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi ta’kidlangan.

Bu borada Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarini samarali o‘tkazish zarurligi qayd etilgan.

Tomonlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni ham muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing