“Darband” muntazam yo‘l-patrul maskani ham yopildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 martidan boshlab Surxondaryo viloyatidagi “Darband” muntazam yo‘l-patrul maskanining faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda. Qayd etilishicha, viloyat hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida shunday chora ko‘rilgan. 

Shuningdek,  viloyatda 23 martdan boshlab yo‘nalishli yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.  

“Viloyatimiz hududida ayni vaqtda bo‘lib turgan boshqa viloyatdan tashrif buyurgan fuqarolarimizning yashash manzillariga yetib olishlari va yuk transport vositalarining harakatlanishlari bundan mustasnodir”,  deyilagan murojaatda. 

YHXB mavjud karantin qoidalarini buzgan fuqarolarga dastlab ma’muriy, so‘ng jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘rilishini eslatib o‘tgan.  Fuqarolardan zarur bo‘lmagan hollarda ko‘chaga chiqmaslik,  yo‘nalishsiz taksilardan narxlarni asossiz ravishda oshirmaslik so‘ralgan. 

Eslatib o‘tamiz, bugungacha Toshkent shahrini viloyatlar bilan bog‘lovchi postlar, Namangan shahri va Andijon shahrini viloyat bilan bog‘lovchi postlar yopilgan edi. Shuningdek, “Qamchiq” dovonida ham transportlar harakati to‘xtatildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 65 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo koronavirus

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing