Surxondaryoda dahshatli YTH: ayollar va bolalar halok bo‘ldi
3-sahifa
−
23 aprel
1612821 aprel kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yo‘l-transport hodisasi oqibatida voyaga yetmagan bolalar va ayollar halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 17:30 lar chamasida Surxondaryo viloyatining Boysun tumani "Inkabod" MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining 7 km da 1974 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina YTHga uchragan. Bunga haydovchining odam tashish qoidalariga amal qilmay 8 nafar yo‘lovchi bilan tuman markazi tomon bir necha kilometr tik nishablikda harakatlanishi oqibatida yuzaga kelgan transport vositasining tormoz tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, u yo‘lning xavfli burilish qismiga yetib kelgach, boshqaruvni yo‘qotib yo‘ldan chiqib ketib, shu yaqin atrofdagi hovli uylarning molxonasiga borib urilgan.
"Avtomashina salonida bo‘lgan uch nafar voyaga yetmagan bolalar va 3 nafar ayollar vafot etgan, haydovchi og‘ir tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan", deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan Boysun tumani IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.