Surxondaryoda 38 yoshli erkak ham bedarak ketdi. Topganga 10 mln so‘m va’da qilindi

Jamiyat

image

Surxondaryoda  38 yoshli erkak qidirilmoqda. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Denov tumani “Dahana” mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan Xusin Rakibovich Urunov 2024 yil 16 aprel kuni yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

“Ushbu fuqaroni topilishida ko‘maklashgan fuqarolar 10 000 000  (o‘n million) so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanadi hamda ma’lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlar sir saqlanadi”, deyiladi xabarda.

Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin: 102, +998-91-232-01-01, +998-91-582-20-48.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda 32 yoshli yigit bedarak yo‘qolgandi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Surxondaryo Denov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing