Surxondaryoda 32 yoshli yigit bedarak yo‘qoldi. Topganga 5 mln so‘m va’da qilindi
Jamiyat
−
20 aprel
9375Surxondaryoda 32 yoshli yigit qidirilmoqda. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Shabnam” mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan (ruhiy kasal) Mahmud Murodov Erkin o‘g‘li 2024 yil 15 aprel kuni yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
“Uning topilishida ko‘maklashgan fuqarolar 5 000 000 (besh million) so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanadi hamda ma’lumot berganlarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.
Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘ralgan: 102, +998-90-530-09-00, +998-90-917-22-27, +998-99-672-22-27, +998-91-583-48-48.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida bir vaqtning o‘zida Xitoy fuqarosi va olti nafar o‘zbekistonlik qidiruvga berilgandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi