Surxondaryoda bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi molxonadan topildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Surxondaryo viloyatining  Denov tumani “Dahana” mahallasida yashovchi 38 yoshli Xusin Rakibovich Urunov 16 aprel kuni yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgani xabar qilingandi. Oradan o‘n kun o‘tib, 26 aprel kuni uning jasadi molxonadan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Xusin Urunovning jasadi molxona ichiga ko‘mib qo‘yilgan. Uning badanida qotillik alomatlari topilgan.

Kecha, 27 aprel kuni mazkur ish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘indan keyin 3 kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Surxondaryo Denov molxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing