Daraxtga shikast yetkazgan ekskavator haydovchisi 28 mln so‘m jarimaga tortildi
3-sahifa
−
16 iyul
3714Toshkent shahrining Mirobod tumanida daraxtga shikast yetkazgan ekskavator haydovchisiga 28 million so‘m jarima belgilandi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuni kecha Mirobod tumanida sobiq “Buxoro” kafesi hududida daraxtlarga shikast yetkazilayotgani haqida murojaat e’lon qilingan. Ushbu holat yuzasidan Mirobod tumani ekologiya bo‘limi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilgan.
Ma’lum qilinishicha, Avliyo-ota ko‘chasi 124-uy oldida qurilish ishlari davomida hududdagi tuproqlarni olib chiqish vaqtida ekskavator haydovchisi B.B.ning ehtiyotsizligi oqibatida 1 tup zarang daraxtiga shikast yetkazilgan. Shikastlangan daraxt avariya holatiga kelib qolgan va haydovchi daraxtni qo‘porgan.
Ushbu holat yuzasidan huquqbuzar B.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 28 390 000 so‘m jarima qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand shahrida qurilish ishlarini olib borayotgan MCHJ mas’ullari tomonidan hududdagi 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli turdagi daraxt ildiz qismi bilan qazib tashlab, yo‘q qilingandi.
Charos O‘ralova
LiveBarchasi