Daniya Ukraina uchun F-16 qiruvchilarini berishga tayyorligini e’lon qildi

Olam

image

Daniya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yuborishga tayyorligini e’lon qildi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mamlakat Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Troels Lund Poulsen Daniya Ukrainaga o‘zidagi F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirishga tayyorligini, biroq bu ish boshqa davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi kerakligini ma’lum qilgan. 

Uning ta’kidlashicha, Kiyev Rossiya bilan urushda g‘alaba qozonishni istasa, unga bu samolyotlar juda zarur. Biroq Ukrainaga ularni topshirish samarali tarzda amalga oshirilishi uchun davlatlarning koalitsion harakati kerakligi aytilgan. 

"Biz buni yolg‘iz hal qila olmaymiz, chunki bunda AQSHning ruxsati talab etiladi. Boisi F-16 Amerika tomonidan ishlab chiqilgan samolyotdir. Ammo shuni ham aytmoqchimanki, biz bu qarorni qo‘llab-quvvatlamasligimizni tasavvur qila olmayman", deydi Troels Lund Poulsen. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH F-16 samolyotlarida ukrainalik uchuvchilarni o‘qitishga rozi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Daniya F-16 qiruvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made