Daniya Qur’onni yoqishni taqiqlamoqchi
Olam
−
26 avgust 2023
4529Daniya hukumati jamoat joylarida Qur’on va boshqa diniy bitiklarni yoqishni taqiqlovchi qonun loyihasini kiritmoqchi. Bu haqda mamlakat Adliya vaziri Peter Xummelgord ma’lum qildi.
Xummelgordning fikricha, muqaddas kitoblarni yoquvchilarning yagona maqsadi nafrat uyg‘otish va nifoq solishdir.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi hozirda mamlakatlarning davlat bayroqlarini yoqishni taqiqlovchi qonun bilan birlashtiriladi.
“Bu orqali Qur’on va Injilni omma oldida yoqib yuborganlar jazolanadi. Ushbu qonun faqat jamoat joylarida yoki kengroq muhitga tatbiq etish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlarga qaratilgan bo‘ladi”, deydi vazir.
Qonun loyihasi parlamentga qachon taqdim etilishi haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Daniya poytaxti Kopengagendagi Iroq elchixonasi oldida o‘ta millatchi “Daniyalik vatanparvarlar” guruhi vakillari miting o‘tkazib, Qur’on kitobini yoqib yuborgandi.