Daniyada maktab öquvçilariga telefon işlatiş butunlay taqiqlanadi

Olam

−

visibility939 timer2 daqiqa

image

Daniyada 2027/2028 öquv yilidan boşlab maktab öquvçilariga dars vaqtida ham, tanaffuslarda ham mobil telefon va internetga ulanadigan boşqa şaxsiy elektron qurilmalardan foydalaniş taqiqlanadi. Bu haqda mamlakat Ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, taqiq davlat va xususiy maktablar, munitsipalitetlarga qaraşli xalqaro maktablar, maktab-internatlar, şuningdek, bolalar va ösmirlar uçun maktabdan taşqari ta’lim muassasalariga ham tatbiq etiladi.

Har bir ta’lim muassasasi taqiqni amalga oşiriş tartibini mustaqil belgilaydi. Jumladan, öquvçilarning telefonlari kun boşida yiğib olinişi yoki dars davomida öçirilgan holda sumkalarida saqlanişi mumkin.

Bundan taşqari, Daniyada maktablarning internet tarmoqlarida ta’limiy yoki pedagogik ahamiyatga ega bölmagan kontentlarni filtrlaş majburiy etib belgilanadi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlar, öyin va savdo platformalariga kiriş çeklanadi. Qaysi saytlarni bloklaşni munitsipalitetlar va ta’lim muassasalarining özi belgilaydi.

Şu bilan birga, soğliği yoki rivojlanişidagi öziga xos xususiyatlar sabab elektron qurilmalarga muhtoj öquvçilar uçun istisnolar nazarda tutilgan. Masalan, qandli diabet bilan kasallangan bolalar qondagi şakar miqdorini ölçaş, köriş qobiliyati buzilgan yoki disleksiyasi bor öquvçilar esa maxsus ilovalardan foydalaniş uçun smartfonlarini işlatişi mumkin. Noutbuk va planşetlardan faqat maşğulotlar vaqtida foydalanişga ruxsat beriladi.

Qonun loyihasini parlamentning navbatdagi sessiyasida körib çiqiş uçun kiritiş rejalaştirilgan. Maktablar va munitsipalitetlarga internet kontentini filtrlaş tizimlarini joriy etiş uçun 2027 yil oxirigaça muddat beriladi.

Ma’lumot uçun, 2025 yilning oktyabr oyida Daniya boş vaziri Mette Frederiksen 15 yoşga tölmagan bolalarning ayrim ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlaş taklifini ilgari surgan edi. Uning ta’kidlaşiça, mobil telefonlar va ijtimoiy tarmoqlar bolalarning bolaligini öğirlamoqda. Boş vazir keltirgan ma’lumotlarga köra, Daniyada bolalarning 94 foizi 13 yoşga tölmasdan turib ijtimoiy tarmoqlarda profil oçgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ozarbayjon maktablarida TikTok ijtimoiy tarmoği hamda zararli mazmundagi 200 dan ortiq videomaterialga kiriş çeklangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing