Ozarbayjonda maktab o‘quvchilari uchun TikTok cheklandi

Olam

−

image

Ozarbayjon maktablarida TikTok ijtimoiy tarmog‘i hamda zararli mazmundagi 200 dan ortiq videomaterialga kirish cheklandi. Bu haqda mamlakat Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Firudin Gurbanov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, cheklangan videomateriallarda jinoyat, giyohvand moddalar iste’moli, zo‘ravonlik va shu kabi boshqa zararli holatlarga oid mazmun aks etgan.

“Albatta, bunday cheklovlar faqat maktablar bilan cheklanib qolmasligi kerak. Oilalar ham bolalarning bunday kontent va platformalardan uzoq bo‘lishini ta’minlash uchun ularni nazorat qilishi lozim”, degan Firudin Gurbanov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 noyabridan boshlab Turkiyada 15 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish taqiqlanishi haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing