Daniya husiylarga qarshi urushga qo‘shildi
Olam
−
18 yanvar 2024 7355 1 daqiqa
Daniya Yamanning shimoliy va markaziy hududlarini boshqaradigan Eron tomonidan moliyalashtiriluvchi husiylar harakati hujumlariga qarshi kurashish uchun AQSH boshchiligidagi koalitsiyaga qo‘shiladi. Bu haqda “Reuters” mamlakat Tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussenga tayanib, xabar berdi.
“Daniya Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujumlar tufayli Yaman husiylariga qarshi kurashish uchun AQSH boshchiligidagi olti davlatdan iborat koalitsiyaga qo‘shiladi”, deyiladi manbada.
Avvalroq, Daniya Tashqi ishlar vaziri mamlakat hukumati Yamanning shimoliy va markaziy qismlarida hukmronlik qilayotgan, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan shia harakati pozitsiyalariga AQSHning hujumini qo‘llab-quvvatlashini va o‘z fregatini mintaqaga yuborishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 yanvar kuni husiylar Amerika harbiy kemasi tomonidan raketa uchirgan edi. AQSH esa husiylar harakatini biroz tanaffusdan so‘ng, yana terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi.
Live
Barchasi