Damas’da 11 nafar bog‘cha bolasini tashigan haydovchi jazolandi

Jamiyat

−

image

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Damas haydovchisi 11 nafar bog‘cha bolasini tashigani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 8 oktyabr kuni tumanning Toshkent mahallasida sodir bo‘lgan. Haydovchi o‘zining Damas rusumli avtomobilida 11 nafar bolani olib ketayotgan vaqtda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-8-moddasi (transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish) asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. U bilan profilaktik tushuntirish ishlari ham olib borilgan.

Haydovchi qoidabuzarligini tan olib, bunday holat boshqa takrorlanmasligini bildirgan. Shuningdek, u boshqa haydovchilarni ham belgilangan qoidalarga rioya qilishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 21 nafar bog‘cha bolasini tashigan Damas haydovchisi ushlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing