COVID-19 ni yaratishga insonning aqli yetmaydi – uxanlik professor butun dunyoga javob qaytardi

Olam

image

Insoniyat koronavirusning yangi turiga o‘xshash virusni sun’iy ravishda yaratish uchun zarur bilimga ega emas. Bu haqda kecha, 18 aprel kuni Uxandagi Xitoy Fanlar akademiyasining bo‘lim boshlig‘i, Uxan virusologiya instituti rahbari Yuan Chjimin ma’lum qildi.

“Ilmiy jurnallarda juda ko‘p ma’lumotlar mavjud. Virusologiya haqidagi tushunchamga asoslanib, agar bunday virusning sun’iy sintezi haqida gapiradigan bo‘lsak, uning sun’iy ravishda paydo qilinganini ko‘rsatadigan biron bir dalil yo‘q”, dedi u.

"Ba’zi ekspertlarning fikriga ko‘ra, agar bunday virus sun’iy ravishda sintez qilingan bo‘lsa, unda olimlar butun insoniyatning imkoniyatidan tashqari bilimga ega bo‘lib chiqadi. Aslida, bunday emas. Shu bois men insoniyat bunday bilimga ega emas deb hisoblayman va shunga o‘xshash virusni sun’iy paydo qilinganiga hech qachon ishonmayman”, deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Uxan virusologiya instituti BSL-4  standartiga muvofiq sertifikatlangan, biologik xavfsizlikning eng yuqori darajasiga ega bo‘lgan Xitoyda yagona laboratoriyani o‘z ichiga oladi. Laboratoriya xodimlari dunyodagi eng xavfli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini tekshirib boradi.

Sir emaski, so‘nggi paytlarda koronavirus Xitoy laboratoriyalarida sun’iy paydo qilingani, u biologik qurol ekanligi va shunga o‘xshash ma’lumotlar OAVda paydo bo‘ldi. Bu da’voni, asosan, AQSH ilgari surmoqda. Prezident Donald Tramp va hukumat vakillari ham bu taxminni yashirib o‘tirishni istamayapti, matbuotda chiqishlar orqali bu haqida gapirilmoqda. Xitoy esa, o‘z navbatida, bu iddaolarni rad etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Xitoyda

Baholaganlar

682

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing