City Mall’da yong‘in sodir bo‘ldimi?

Jamiyat

image

Bugun, 16 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi City Mall hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, aslida ko‘ngilochar savdo markazi hudida Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

“Bugun, 16 fevral kuni soat 15:00 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasida joylashgan City Mall hududida FVVning o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolar, bloger va ijtimoiy tarmoq administratorlaridan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida mazkur o‘quv mashqlarini o‘tkazish davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma’lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida kuchli yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 2 yoshli qizcha halok bo‘ldi. Shundan so‘ng poytaxtdagi savdo majmualarida tekshiruv o‘tkazilib, zarur talablarga javob bermaydigan majmualar yopildi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in City Mall

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing