“Aviator”da katta yong‘in sodir bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
31 yanvar 6088 1 daqiqa
Bugun, 31 yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 15:47 da Parkent ko‘chasida joylashgan “Aviator” binosi yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari soat 15:53 da voqea joyiga yetib borib, hozirda binodan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan va yong‘in o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Yong‘in soat 16:50 da qurshab olinib, 17:17 da to‘liq bartaraf etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida yong‘in sodir bo‘lgandi.