Cho‘kib ketgan “Moskva” kreyserida necha kishi halok bo‘lgani ochiqlandi

Olam

image

Yong‘in natijasida “Moskva” kreyseri ekipajining 27 a’zosi bedarak yo‘qolgan, bir harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Bu haqda kecha, 22 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“13 apreldagi yong‘in natijasida “Moskva” raketa kreyseri o‘q-dorilarning portlashi tufayli jiddiy shikastlandi. Ekipajning yong‘inni o‘chirishga urinishlari natija bermadi. Kemaga yetkazilgan zarar uchun kurashda bir nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana 27 nafar ekipaj a’zosi bedarak yo‘qoldi”, deyiladi xabarda.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, qolgan 396 nafar ekipaj a’zosi kreyserdan hududdagi Qora dengiz floti kemalariga evakuatsiya qilingan va Sevastopolga yetkazilgan.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda bedarak yo‘qolganlarga barcha zarur yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlagan.

Idoraning xabariga ko‘ra, “Moskva” kreyseri ofitserlarining aksariyati Qora dengiz flotida xizmat qilishda davom etmoqda. Ularning o‘zi xizmatni davom ettirish istagini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 aprel kuni tunda Odessa yaqinida joylashgan “Moskva” kreyserida portlash yuz berdi. Ukraina tomoni kemaga “Neptun” bilan zarba berganini bildirdi.

Rossiya o‘z navbatida kemadagi o‘q-dorilar portlaganini, bu noma’lum sabab bilan boshlangan yong‘in tufayli ekanini xabar berdi. Rus nashrlari kemaning 500 dan ortiq ekipaj a’zolari evakuatsiya qilingani aytildi.

Keyinroq esa kemadagi yong‘in o‘chirildi va u suzishga yaroqli holda ekani ochiqlandi. Biroq bugun, 15 aprel kuni tunda “Moskva” bukser qilinayotganda dovul sabab cho‘kib ketdi.

Qora dengiz strategik tadqiqot instituti rahbari Andrey Klimenkoga ko‘ra, 16 ta qanotli raketaga ega “Moskva” kreyseri yo‘q qilinganidan keyin Rossiya Qora dengiz floti kemalarining umumiy qanotli raketalari soni 72 tadan 56 taga kamaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

275

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing