Chorsu va Eski juva bozorlari keyingi yilga qadar rekonstruksiya qilinadi
Jamiyat
−
12 iyun 2023
5956Poytaxtning Chorsu va Eski juva bozorlari joriy yilning oxiriga qadar qayta ta’mirlanadi. Bu haqda joriy yilning 7 iyun kuni qabul qilingan “2023-2024 yillarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarorida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi mavjud zaxiralardan to‘liq va samarali foydalanish, savdo, xizmat ko‘rsatish va turizm sohalarini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash orqali aholining turmush darajasini yanada oshirish maqsadida 20,7 km uzunlikdagi "Turizm halqasi" barpo etiladi. Bu loyihani amalga oshirish uchun davlat byudjeti hisobidan 3 yil muddatda 100 mlrd so‘m ajratiladi.
Shuningdek, mazkur loyihada bo‘sh turgan bino-inshootlarni milliy arxitektura ishlanmalarini aks ettirgan loyihalar asosida rekonstruksiya qilish, yer maydonlarida yangi savdo rastalarini qurish rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirish muddati etib 2023 yil dekabr oyi ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi