Qozog‘istonlik bloger “Chorsu” bozorida sifatsiz jigar sotilayotganini fosh qildi
Jamiyat
−
16 yanvar
8615Qozog‘istonlik bloger “Chorsu” bozorida sifatsiz jigar mahsuloti sotilayotganini tanqid qilib, videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagandi. Mazkur holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, “Chorsu” dehqon bozorida ham doimiy faoliyat yurituvchi laboratoriyalar mavjud bo‘lib, bu yerda go‘sht mahsulotlarining veterinariya-sanitariya ekspertizasi amalga oshiriladi.
Shayxontohur tuman bo‘limi mutaxassislari, IIB va bozor ma’muriyati bilan o‘rganish davomida fuqarolarga ajratilgan yo‘lakda sanitariya qoidalariga zid ravishda, hech qanday hujjatsiz go‘sht mahsuloti (jigar) sotilayotgani ma’lum bo‘lgan.
“Shu sababli 9 kg jigar mahsuloti savdodan olinib, o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilish choralari ko‘rildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil yozda Qo‘yliqdagi “ovqat bozori”da o‘tkazilgan tadbirda bozorda joylashgan ovqat sotish shoxobchasida sanitariya qoidalari qo‘pol ravishda buzilayotgani, bir necha marotaba ogohlantirishlar va targ‘ibot ishlari o‘tkazilishiga qaramasdan ob’ektda holat o‘zgarishsiz qolgani sababli “ovqat bozori” ning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgandi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar