“Ippodrom”dagi savdo bloklari elektrdan uzildi
Jamiyat
−
22:21 864 1 daqiqa
Bugun, 25 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Chilonzor buyum bozorining (“Ippodrom”) bir nechta savdo bloklari elektr ta’minotidan uzildi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur ob’ektda Toshkent shahar FVBB mutaxassislari tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarining bir qator qo‘pol buzilishlari aniqlangan bo‘lib, ular inson hayoti va salomatligiga xavf solishi mumkin.
“Bozorning elektr ta’minotidan qisman uzilishi sud qarori asosida amalga oshirildi. Aniqlangan barcha kamchiliklar bartaraf etilgach, savdo bloklarida elektr ta’minoti qayta tiklanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida joylashgan EDF (Électricité de France) kompaniyasiga tegishli yangi issiqlik elektr stansiyasida 1600 MVt quvvat avariyaviy o‘chgan edi. Mazkur avariyaviy o‘chish ortidan nafaqat O‘zbekistonning ayrim hududlarida, balki Qozog‘iston energetika tizimiga ham ta’siri oqibatida mamlakatning ayrim joylarida ham elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelgan.
Live
Barchasi