Rossiya Kiyevdagi bozorga zarbalar berdi. Qurbonlar bor
Olam
−
08:44 1723 2 daqiqa
Rossiyaning Ukrainaga qilgan hujumlari oqibatida Sumi va Xarkiv shaharlarida uch kishi, Kiyev yaqinidagi bozorga zarba berilishi natijasida esa yana ikki kishi halok bo‘ldi, shuningdek, poytaxt Kiyevning turli hududlari ham hujumga uchradi. Bu haqda mamlakat rasmiylari xabar berdi.
Ukraina prokuraturasining ma’lum qilishicha, Kiyevning g‘arbiy chekkasidagi Sofiyska Borshchagivka hududida joylashgan bozorga dron zarbasi berilgan. Hujum oqibatida ikki 2 halok bo‘lgan, taxminan 10 kishi jarohatlangan.
Internetda tarqalgan kadrlarda bozordagi inshootlar va transport vositalari yongani, hududda vayronalar sochilib yotgani aks etgan.
Kiyev meri Vitaliy Klichko poytaxtdagi hujumlar oqibatida 9 kishi, jumladan 1 bola jarohatlanganini ma’lum qildi. Ularning 6 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hujumlarni tanqid qilib, tinch aholi nishonga olinganini “terrorizm” deb atagan.
“Rossiyaning buni amalga oshirishdan hech qanday harbiy maqsadi yo‘q. Bu faqat odamlarni sindirish va jamiyatimizga imkon qadar ko‘proq zarar yetkazishga urinish” deb yozdi Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida.
Ukrainaning Rossiya bilan chegara yaqinida joylashgan Sumi shahrida oilaviy qo‘llab-quvvatlash markazi yaqiniga uchta boshqariladigan aviabomba tushgan. Viloyat gubernatori Oleg Grigorovning ma’lum qilishicha, hujumda 2 kishi halok bo‘lgan.
Xarkivda esa dron avtomobilni urgan va oqibatda uning haydovchisi halok bo‘lgan. Kiyevda dron sharqiy hududdagi ko‘p qavatli turar joy binosiga urilib, yong‘in kelib chiqqan. Shuningdek, ikki tumanda bolalar bog‘chasi va o‘yin maydonchasi yaqiniga dronlar tushgan. Ayrim hududlarda vayronalar qayd etilgan.
Zelenskiy Rossiya 27 sentyabrga qadar bo‘lgan davrda Ukraina hududiga turli turdagi 277 ta zarba beruvchi dron uchirganini aytdi. Ularning 155 tasi reaktiv dvigatelli dronlar bo‘lgan.
Rossiya kuchlari so‘nggi haftalarda Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlariga asosan tungi emas, deyarli kun bo‘yi davom etadigan hujumlarni amalga oshirmoqda.
Ikki tomon ham urush davomida tinch aholi nishonga olinayotganini rad etib keladi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr