Chirchiq daryosida qizil rangli suv oqayotgani aytildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray tumani “Chingeldi” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida qizil rangdagi suv oqizilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat bo‘yicha Ekologik partiya Toshkent viloyat Kengashi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi, “Toshkent suv ta’minot” MCHJ Chirchiq shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganish olib borildi. Bu haqda Ekopartiya Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, Chirchiq daryosining Chingeldi hududidan o‘tgan qismiga Chirchiq suv tozalash inshootidan kelib quyilayotgan qayta ishlangan oqava suv massasi tashlanmoqda. Bu o‘z navbatida suvning tashqi ko‘rinishida, rangida kimyoviy moddalar mavjud ekani namoyon bo‘lgan.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Qibray tumani hududida joylashgan sanoat korxonalari tomonidan mazkur oqava suv tizimiga me’yoridan ortiq kimyoviy moddalar oqizilayotgani, ushbu korxonalarda zamonaviy lokal tozalash inshootlarining mavjud emasligi sabab bo‘lmoqda.

Ayni paytda mutaxassislar tomonidan suvdan laboratoriya tahlil uchun probalar olindi, o‘rganish davom etmoqda.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi sanoat korxonalarida oqova suvlarni tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish hamda yangilarini qurish choralarini ko‘rishga, suv tozalash inshootlari samaradorligini oshirish, ochiq suv havzalariga tashlanayotgan suv sifatini me’yorlar darajasida bo‘lishini ta’minlashga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

daryo ekologiya

Baholaganlar

513

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing