Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

Chinozda erkak ayoli va qaynonasini pichoqladi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida 25 yoshli erkak ayoli va qaynonasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga binoan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Bildirilishicha,  holat  joriy yilning 19 mart kuni soat 20:00 larda Chinoz tumani Obihayot mahallasida sodir bo‘lgan. Bo‘ston ko‘chasi 48-uyda yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan K.A. birga yashab kelgan ayoli R.F. bilan o‘zaro rashk oqibatida janjallashib, janjal vaqtida oshxona pichog‘i bilan ayolning turli joylariga tan jarohati yetkazib, uni qasddan o‘ldirgan.

Shuningdek, ushbu janjalni eshitib, qizini ajratish maqsadida kelgan 1978 yilda tug‘ilgan qaynonasi M.Sh.ni ham oshxona pichog‘i bilan turli joylariga qasddan urib, uni ham o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tuman prokuraturasi tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida mahalla faollari 10 yildan buyon turmush o‘rtog‘i tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan ayolni eri bilan yarashtirmoqchi bo‘lganida ayol eri tomonidan pichoqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chinoz erkak pichoqladi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing