Chimayev UFC 300 turnirida qatnashishga ishora qildi

Sport

image

BAA bayrog‘i ostida o‘rta vazn toifasida UFC'da ishtirok etayotgan chechenistonlik mashhur aralash yakkakurashchi Hamzat Chimayev ijtimoiy tarmoqlarda UFC 300 turnirida ishtirok etishiga shama qildi.

Jangchi o‘z Instagram'iga 300 raqami aks etgan suratini joyladi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi jangida Chimayev o‘tgan yili 21 oktyabr kuni amerikalik Kamaru Usmon bilan to‘qnash kelgandi. Ularning jangi Abu-Dabida UFC 294 turniri doirasida bo‘lib o‘tdi. To‘qnashuv to‘liq davom etdi va Hamzatning g‘alabasi bilan yakunlandi. Umumiy hisobda Chimayev MMA'da 13 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Kamaru Usmon hisobida 20 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

BAA Hamzat Chimaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing