Chilonzordagi mudhish YTHda 1 yoshli qiz halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, kecha, Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida to‘rtta avtomobil ishitrokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur YTH tafsilotlarini ochiqladi.

Unga ko‘ra, 25 dekabr kuni soat 17:00 larda Chilonzor tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan T.M. Lacetti rusumli avtomobilini boshkarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, haydovchi Toshkent viloyati Yangiyul tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvidagi GAZ-330202 rusumli yuk hamda Uchtepa tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan O.A. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobillari bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, VAZ-2106 rusumli avtomobil haydovchisi M.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Yo‘lovchilardan biri — qizi A.D. bo‘lgan.  2019 yilda tug‘ilgan A.D. shifoxonaga olib borilganida vafot etgan hamda yo‘lovchisi Yangiyul tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan N.I. shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, Lacetti rusumli avtomobili yo‘lovchisi Chilonzor tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan T.B. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, VAZ-2106 rusumli avtomobilning ikki nafar yo‘lovchisi, Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi hamda Damas rusumli avtomobilining yo‘lovchilariga shifoxonada ambulator yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing