Chilonzorda “o‘ldirilgan” 58 tup daraxt ishi bo‘yicha 3 kishi qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 58 tup har xil turdagi daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesib yuborgan quruvchi tashkilot rahbari tabiatga yetkazilgan 797,7 mln so‘m zararni to‘liq qopladi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek,  qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 3 nafar gumonlanuvchi shaxslar Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida 58 tup manzarali va mevali daraxtlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq borligiga qaramay xususiy quruvchi kompaniyai tomonidan ildizi bilan kesib tashlangandi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi daraxtlar kesilishi oqibatida tabiatga 797 700 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan deb baholadi.

Holat bo‘yicha quruvchi tashkilot mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

daraxt

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing