Chempionship g‘olibi muddatidan avval aniq bo‘ldi

Sport

image

“Byornli” Angliyaning ikkinchi eng kuchli divizioni hisoblanmish Chempionshipning 44-turida “Blekbern Rovers”ni mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

25 aprel oqshomida Vensan Kompani murabbiyligidagi jamoa “Blekbern”ni minimal hisobda (1:0) mag‘lub etdi va chempionat tugashiga ikki tur qolganida 1-o‘rinni kafolatladi. “Byornli” 44 o‘yinda 95 ochko to‘plagan bo‘lsa, 2-o‘rindagi “Sheffild Yunayted” 42 o‘yinda 82 ochko to‘plagan.

Shunday qilib, “Byornli” kelasi mavsum Angliya Premer-ligasida qatnashadigan bo‘ldi. “Byornli” 2021/2022 yilgi mavsumda APLda 18-o‘rinni egallab, musobaqani tark etgandi. Joriy mavsumda o‘tkazilgan 44 uchrashuvda Kompani jamoasi 27 ta g‘alaba, 14 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionship “Byornli”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing