Jeymi Vardi Angliya futboliga qaytdi

Sport

image

Angliya chempioni Jeymi Vardi Angliya futboliga qaytdi. 39 yoshli hujumchi “Byornli” bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Byornli”ga qo‘shilganimdan juda xursandman. Bu klub boy futbol tarixiga va o‘zini hamda shaharni munosib ifoda etadigan jamoaga loyiq bo‘lgan ishqibozlarga ega. Maydonga chiqib, jamoaning to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanishiga yordam berishni intiqlik bilan kutyapman”,  deydi Vardi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Vardi o‘tgan mavsumni Italiyaning “Kremoneze” klubida o‘tkazib, A Seriyada 29 ta o‘yinda 7 ta gol urgan. Jamoa mavsum yakunida quyi divizionga tushib ketgach, futbolchi erkin agentga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyidan buyon 18 yoshli qozog‘istonlik hujumchi Dastan Satpayev ham “Byornli”da “Chelsi”dan ijara asosida to‘p tepmoqda. Klub mavsumni omadsiz boshladi va dastlabki besh uchrashuvdan so‘ng 2 ochko bilan Chempionship jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing