Doston Satpayev Angliyadagi ilk shaxsiy sovrinini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Kecha, 2 sentyab kuni Qozog‘iston milliy terma jamoasining 18 yoshli hujumchisi Doston Satpayev “Byornli” safidagi ilk shaxsiy sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Chempionatning to‘rtinchi turida “Byornli” o‘z maydonida “Midlsbro” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, uch uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatli seriyaga chek qo‘ydi.

Satpayev “Byornli” safida ketma-ket uchinchi marta maydonga tushdi. U 81-daqiqada zaxiraga olindi. Uchrashuv davomida 18 yoshli hujumchi raqib darvozasi tomon ikki marta zarba yo‘lladi va uzatmalarining 94 foizini aniq amalga oshirdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, rasman Satpayev o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Unga maxsus statuetka topshirildi, “Byornli” matbuot xizmati esa futbolchiga bag‘ishlangan alohida material e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Doston Satpayev joriy mavsum boshida Londonning “Chelsi” jamoasiga o‘tgandi. keyinchalik “aristokratlar” futbolchini “Byornli”ga ijaraga berdi. To‘rt turdan so‘ng “Byornli” Angliya chempionatining ikkinchi divizionida 2 ochko bilan 23-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing