Doston Satpayev Angliyada rasmiy debyutini o‘tkazdi

Sport

image

Kecha, 23 avgust kuni qozog‘istonlik 18 yoshli futbolchi Doston Satpayev “Byornli” safida ilk rasmiy o‘yinini o‘tkazdi.

18 yoshli futbolchi Chempionshipning ikkinchi turida “Vest Bromvich”ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi. U 57-daqiqada Josh Loran o‘rniga o‘yinga qo‘shildi. 

Satpayev maydonga tushgan vaqtda “Byornli” 1:2 hisobida ortda borayotgan edi. Yakunda esa “Byornli” 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Qozog‘istonlik futbolchi “Chelsi”dan “Byornli”ga ijara asosida o‘tgan. U Chempionshipning birinchi turida “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmagani sababli, “Vest Bromvich”ga qarshi bahs uning Angliya klubi safidagi ilk rasmiy uchrashuviga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Doston Satpayev Londonning “Chelsi” jamoasidan bir mavsumlik ijara asosida “Byornli”ga o‘tgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing