Doston Satpayevning Angliyadagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Qozog‘istonning 18 yoshli futbolchisi Doston Satpayevning “Chelsi” bilan shartnomasida oyiga taxminan 14 ming funt sterling maosh ko‘zda tutilgan. Bu haqda “Capology” portali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qozog‘istonlik futbolchi maoshining barchasini hozircha erkin tasarruf qila olmaydi. Shartnomadagi shartga ko‘ra, oylik 14 ming funtning taxminan 12 ming funti futbolchining ota-onasi nomidagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi va Satpayev 22 yoshga to‘lguniga qadar ushbu mablag‘dan foydalana olmaydi.

Shu tariqa, futbolchining o‘zi har oy taxminan 2 ming funtni tasarruf qilishi mumkin. Bunday amaliyot Angliya klublarida yosh futbolchilarning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash va mablag‘larni oqilona boshqarish maqsadida qo‘llanishi aytilmoqda.

Satpayevning “Chelsi” bilan shartnomasida oyiga taxminan 14 ming funt sterling maosh belgilangan. Biroq futbolchining “Byornli”dagi ijarasi davrida ushbu maoshni qaysi klub to‘lashi ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Chelsi” jamoasi Doston Satpayev “Byornli” klubiga ijaraga bergani haqda xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing