“Chelsi” “Yuventus” a’zosiga 10 million yevro maosh taklif qilmoqda

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi “Yuventus”ning xorvatiyalik hujumchisi Dushan Vlaxovichning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi.  Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” vakillari allaqachon futbolchining agentlari bilan aloqaga kirishgan. Serbiyalik futbolchiga esa shartnoma taklif qilingan. Londonliklar Vlaxovichga yiliga 10 million yevro to‘lashga tayyor. “Chelsi” Dushan bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash niyatida.

Vlaxovich “Yuventus”ga 2022 yilning yanvarida “Fiorentina”dan o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda serbiyalik futbolchi “zebralar” safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Turin klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 70 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) “Yuventus” klubini moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun 2023-24 yilgi mavsumda Yevropa musobaqalarida ishtirok etishdan chetlatgani xabar qilingandi. “Yuventus” 2024-2025 yilgi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasidagi ishtirokini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun bir yilga yevrokuboklardan chetlatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Yuventus Dushan Vlaxovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing