“Chelsi” ikki futbolchiga ko‘z tikdi

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi Alexandro Garnacho va Jeymi Gittensga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “aristokratlar” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Manchester Yunayted”dan ketishi kutilayotgan vinger Alexandro Garnacho va “Borussiya Dortmund” iqtidorli futbolchisi Jeymi Gittensni sotib olmoqchi. Londonliklarning talablariga har ikki futbolchi to‘liq mos tushadi. Klub rahbariyati har ikki futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqdi. Muzokaralar davom etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Garnacho “mankunianliklar” safiga 2022 yilda kelib qo‘shilgan va amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Argentinalik vinger klub tarkibida joriy mavsum barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etdi. Garnachoning narxi “Transfermarkt” portalida 50 million yevroga baholangan. Gittens esa dortmundliklar safiga 2022 yilda kelib qo‘shilgan va amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. U joriy mavsum klub safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etgan. Gittensning narxi “Transfermarkt” portalida 50 million yevroga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi futbol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing