Chexiyadagi restoranda portlash sodir bo‘ldi. 6 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 12 yanvar kuni Chexiyaning Most shahridagi U Kojota restoranida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Bild” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da oshxona yopilgan bo‘lsa-da, ba’zi mijozlar hali ichkarida bo‘lgan paytda yuz bergan. Oqibatda 6 kishi halok bo‘lgan, 8 kishi jarohat olgan.

Chexiya yong‘in xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, portlashga restoran isitkichini ta’minlagan propan gaz balloni sabab bo‘lgan.

O‘t o‘chiruvchilar alangaga qarshi kurashib, olovni o‘chirganidan so‘ng, vayronalar ostidan 6 nafar halok bo‘lganlarning jasadi topilgan. 8 nafar jarohatlanganlarning 6 nafari og‘ir ahvolda bo‘lib, Praga shifoxonasiga olib ketilgan.

Chexiya Ichki ishlar vaziri Vit Rakushanning aytishicha, o‘t o‘chiruvchilar restoran va qo‘shni turarjoy binosidan taxminan 30 kishini qutqargan. Politsiya hodisa sabablarini tergov qilishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Vladikavkaz shahridagi Moskovskoye shosseda joylashgan “Alania Mall” savdo markazida portlash va yong‘in sodir bo‘lgandi. Shimoliy Osetiya gubernatori Sergey Menyaylo savdo markazida tezkor shtab tashkil etilganini aytgan. Yong‘in maydoni 800 kvadrat metrni tashkil etgan. Yong‘inga uchinchi murakkablik darajasi berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya portlash restoran

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing