Chexiyada motam kuni e’lon qilindi

Olam

image

Chexiya hukumati 23 dekabrni Karl universitetida sodir bo‘lgan otishmada halok bo‘lganlar xotirasi uchun motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda “Prague Morning” gazetasi xabar berdi. 

Mamlakat Bosh vaziri Petr Fiala hukumatning navbatdan tashqari yig‘ilishida tegishli qaror qabul qilinganini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha fuqarolarni qurbonlar va ularning oilalariga dard va hamdardlik tuyg‘usi birlashtiradi.

“Shu kuni soat 12:00da bir daqiqalik sukut bilan barchamiz ushbu dahshatli fojia qurbonlari xotirasini hurmat qilamiz”,  deya siyosatchi so‘zlarini keltiradi nashr.

Voqea tufayli Fransiyaga tashrifini to‘xtatib, Pragaga qaytgan respublika rahbari Petr Pavel halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Chexiya Prezidenti Karl universitetida kelajakda sodir bo‘lgan fojia kabi holatlarning oldini olish uchun oqilona yechim topish muhimligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 dekabr kuni Pragadagi Karl universitetining binolaridan birida otishma yuz berdi. Oqibatda 14 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi yaralandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya motam kuni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing