Chexiya Tixanovskayani Belarus rahbari sifatida kutib oldi
Olam
−
08 iyun 2021
10465Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Chexiya parlamenti Senatida Belarus rahbari sifatida qabul qilindi. Bu haqda Chexiya parlamenti yuqori palatasi Spikeri Milosh Vistrchil ma’lum qilgan.
“2020 yil avgust oyida Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari adolatsiz va noqonuniy bo‘lgan. Senat Svetlana Tixanovskayani Chexiyaga o‘zining asosiy mehmoni sifatida taklif qilganidan shuni tushunish mumkinki, Chexiya Senati uni Belarus Prezidenti deb biladi, shaxsan men ham shunday hisoblayman”, degan u.
Ta’kidlanishicha, Tixanovskaya bugun, 8 iyun kuni Chexiya Prezidenti Milosh Zeman va Respublika Bosh vaziri Andrey Babish bilan uchrashadi. Bundan tashqari, u Respublika Tashqi ishlar vaziri Yakub Kulganek bilan ham uchrashishi kutilmoqda. Shuningdek, ertaga, 9 iyun kuni Tixanovskaya faxriy mehmon sifatida parlamentning yuqori palatasi a’zolari bilan ko‘rishishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, Svetlana Tixanovskaya keyingi prezidentlik saylovlarida qatnashmoqchi emasligi sababli siyosiy partiya yaratmasligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi