Chek so‘ragan bolani urgan sotuvchi qamaldi
3-sahifa
−
22 iyul
12571Avvalroq, Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi do‘konlardan birida QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga do‘kon sotuvchisi tomonidan tarsaki tushirilgani haqida xabar berilgandi.
Do‘kon sotuvchisi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 22 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sud do‘kon sotuvchisi Z.A.ga 13 yoshli (2011 yilda tug‘ilgan) bolaga nisbatan qilgan g‘ayriqonuniy harakatlari uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bolaning yuziga tarsaki urgan sotuvchiga ish qo‘zg‘atilgandi. Shuningdek, Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev kaltak yegan bola bilan uchrashib, unga rahmat aytgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi