Chegarani belgilash davom etyapti – Aliyev Yerevanning ayuhannos solayotganini qoraladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida bugungi kunda o‘zaro chegaralarni belgilash jaryoni ketmoqda. Ammo rasmiy Yerevan bu jaryonga toqatsiz munosabatda bo‘lmoqda. 

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqoti davomida mintaqadagi vaziyatni muhokama qilib, shunday fikr bildirdi.

“Armanistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomsi tashkilotiga bu boradagi murojaati masalani xalqarolashtirishdan boshqa narsa emas va bu mutlaq asossiz. Chegarada hech qanday to‘qnashuvlar bo‘lmadi, vaziyat barqaror, muzokaralar davom etyapti”, degan Ilhom Aliyev.

Avvalroq, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ozar-arman chegarasida keskinlikning kuchayishi tendensiyasi kuzatilayotganini, chegaraning ayrim uchastkalarida Ozarbayjon Qurolli kuchlari o‘zini tajovuzkor tutayotganini iddao qilib chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, Pashinyan Ozarbayjon askarlari mamlakatni tark etishi uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan harbiy yordam so‘ragandi. Shuningdek, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron o‘zining Facebook’dagi sahifasida Ozarbayjon qo‘shinlarini Armaniston hududidan olib chiqish zarurligini ta’kidlagandi.

O‘z navbatida rasmiy Baku Tashqi ishlar vazirligi Yerevanning Ozarbayjon-Armaniston chegarasini muvofiqlashtirish jarayonlariga munosabatini nomunosib deb baholadi va Armaniston rasmiylarini saylov arafasida vaziyatdan ichki siyosiy maqsadlarida foydalanmaslikka chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing