Chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilishda aytildi.

Hozirda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti chegarada 4 ta idora, ya’ni, bojxona, karantin, SES va veterinariya organlari tomonidan nazorat qilinmoqda. Vaholanki, talab etiladigan barcha sertifikat va ruxsatnomalar to‘liq raqamlashgan, nazoratchi xodimlar hujjatlar bor-yo‘qligini tekshiradi, xolos.

Shu bois, yig‘ilishda chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkazilishi belgilangan.

Bundan tashqari, ikki yil oldin tovarlarni bojxona rejimida qayta ishlash bo‘yicha yangi tartib joriy qilingan edi. O‘tgan davrda 254 ta korxona ushbu tizimda ishlashni boshlagani natijasida 1,1 milliard dollarlik eksport bo‘ldi. 

Shundan 83 foizi Andijon, Buxoro, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi tadbirkorlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmda bunday eksport 10 million dollarga ham yetmagan.

Ushbu hududlar rahbarlari bojxona rejimida qayta ishlash hisobidan 500 million dollardan eksportni ta’minlashi zarurligi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Chegara Bojxona qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing