Buxoroda uy poydevoriga kömilgan qariyb 3 kg “marixuana” topildi (video)
3-sahifa
−
10:06 516 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Şofirkon tumanida yaşovçi fuqaroning uyi poydevori ostidan 2 kg 875 gramm “marixuana” topildi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, holat Buxoro viloyati bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan.
Tadbir Şofirkon tumanida oldindan olingan tezkor ma’lumotlar asosida taşkil etilgan. Unda kuzatuvga olingan fuqaroning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida belgilangan tartibda közdan keçirilgan. Natijada uy poydevorining ostki qismiga kömib qöyilgan, umumiy oğirligi 2 kg 875 gramm bölgan “marixuana” aniqlangan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tegişli tergov organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatida 500 gramm “gaşiş” giyohvandlik vositasini 4 ming AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan erkak uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi