Chegarada kontrabanda bilan kurashish uchun 370 mlrd ajratiladi
Jamiyat
−
17 fevral 2022
3902Joriy yilning boshidan boshlab 364 kilogramm giyohvandlik vositalari, 88 ming dona psixotrop dorilar hamda 181 milliard so‘mlik tovarlar O‘zbekistonga noqonuniy kirib kelishining oldi olingan. Bu haqda bugun, 17 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022 yilda bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘ilishda so‘z bordi.
Prezident mamlakat mintaqa markazida bo‘lgani bois, kontrabandaga qarshi kurashish o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Bu borada bir qator ishlar amalga oshirilayotgani, misol uchun 2018 yilda 13 mingta uyali telefonlar qonuniy olib kirilgan bo‘lsa, 2021 yilda bu raqam 3 milliondan oshgani, joriy yil boshidan 364 kilogramm giyohvandlik vositalari, 88 ming dona psixotrop dorilar hamda 181 milliard so‘mlik tovarlar noqonuniy kirib kelishi oldi olingani qayd etildi.
Shuningdek, Prezident imzolagan qonunga ko‘ra, bojxona organlarining vakolatlari kengayadi.
Yig‘ilishda 80 foiz tovar kirib keladigan 22 ta asosiy postni 3D-skaner, rentgen apparati, videokuzatuv kamerasi, server, transport tarozisi kabi uskunalar bilan jihozlash topshirig‘i berildi. Ushbu maqsadlar uchun 370 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, temir yo‘l orqali keladigan tovarlar bo‘yicha ma’lumotlarning elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi. Tegishli mutasaddilarga xalqaro jo‘natmalar bo‘yicha axborot almashish tizimini joriy etish topshirildi.
LiveBarchasi