Chegara yaqinida asirga olingan Ozarbayjon askari armanlar tomonidan qiynoqqa solindi

Olam

image

O‘tgan hafta adashib Armanistonga kirgan ikki ozarbayjon askari qo‘lga olindi. Ijtimoiy tarmoqlarda askarning biri “arman qonini to‘kkanini” tan olgani, boshqasi esa qo‘lga olingandan keyin armanlar tomonidan kaltaklangani aks etgan videolar tarqaldi. Bu haqda “Open Caucasus Media” xabar berdi.

Rasmiy Baku Ozarbayjon askarlari Husayn Oxundov (2003 yilda tug‘ilgan) va Agshin Babirov (2004 yilda tug‘ilgan) Naxchivan va Armaniston o‘rtasidagi chegara hududida bir necha kun oldin yomon ob-havo tufayli adashib qolganini ma’lum qilgan.

Birinchi askar Husayn Oxundov 10 aprel kuni Armanistonning Syunik viloyatidagi Ashotavan qishlog‘i aholisi tomonidan topilib, hibsga olingan. Agshin Babirov esa 13 aprel kuni Achanan qishlog‘i yaqinida, Ashotavandan 90 kilometr va Naxchivon bilan chegaradan 40 kilometr uzoqlikda topilgan. Askar qo‘lga olinganidan ko‘p o‘tmay, Syunikdagi Kajaran mis-molibden konida 56 yoshli qo‘riqchining o‘ldirilishida aybdor ekanligi haqidagi mish-mishlar internetda tarqala boshlagan.

Babirovni qo‘lga olingan qishloq aholisi va Kajaran jamiyati rahbari Manvel Paramazyan o‘ldirilgan qorovulning telefoni ozarbayjonlik askardan topilganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, qo‘riqchi yettita o‘qdan jarohat olgan. Biroq Armaniston huquq-tartibot idoralari qotillik tergovi davom etar ekan, hozircha Ozarbayjon askarining voqeaga aloqadorligi haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini ta’kidlagan.

Askarlar qo‘lga olinganidan so‘ng internetda ikkita video tarqalgan. 

“Biz Armanistonga yetib keldik. Biz armanlarning qonini to‘kdik. Agar o‘lsak, bilingki, biz vatanga xoin emasmiz”, degan Babirov birinchi videoda. 

Yana bir videoda esa Oxundovning yerda bog‘langan holda yotgani va uning yuziga tepilayotgani ko‘rsatilgan. Askarning hibsga olingan vaqtidagi suratlari ham uning yuzida qon va ko‘karishlar borligini ko‘rsatgan.

Bakudagi diplomatik missiyalar voqeaga zudlik bilan munosabat bildirib, ushbu hodisani qoralagan. Xususan, AQSHning Bakudagi elchixonasi Armanistondagi ozarbayjon askariga nisbatan zo‘ravonlik aks etgan video uni bezovta qilganini bildirib, Ozarbayjon va Armanistonni tinch muzokaralar orqali yechilmagan muammolarni hal qilishga chaqirgan. Buyuk Britaniyaning Ozarbayjondagi elchisi Fergus Ould ham bunday muomala xalqaro gumanitar huquqqa ko‘ra qabul qilinishi mumkin emasligi va qoralanishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Ozarbayjonning Harbiy asirlar, garovga olingan va bedarak yo‘qolganlar bo‘yicha davlat komissiyasi xalqaro tashkilotlarga murojaat qilib, askarlarning ozod etilishini ta’minlashni so‘ragan. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi esa internetda tarqalgan kadrlar Armanistonning  etnik zo‘ravonliklariga misol bo‘lishini ta’kidlab, tegishli xalqaro tashkilotlarni zo‘ravonliklarni, jumladan, Armaniston tomonidan ozarbayjonlik harbiy asirlar va fuqaro asirlariga nisbatan sodir etgan zo‘ravonliklarni, so‘nggi 30 yil ichida bedarak yo‘qolgan 3890 nafar ozarbayjonni tekshirishga chaqirgan.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan esa Armaniston hukumati va huquq-tartibot idoralarining ozarbayjon askarlarining asirga olinishi munosabati bilan uch kunlik sukutini buzib, birinchi askar ularning armiyadan qochib ketganini tan olganini aytgan.

“Ozarbayjon armiyasi askari boshqa safdoshlarining bosimi va xo‘rligi tufayli o‘z safdoshi bilan o‘z pozitsiyalaridan shunchaki qochib ketdi”, degan Nikol Pashinyan.


Maqola muallifi

Teglar

asir qiynoq Ozarbayjon askari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing