Bolaning og‘ziga latta tiqib qiynagan tarbiyachiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
01 iyul 7132 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahridagi xususiy bog‘chalardan birida tarbiyachi bolaning og‘ziga latta tiqib qiynagani haqida xabar berilgan. Tarbiyachiga nisbatan ushbu harakatlari uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Uchtepa tumanidagi nodavlat ta’lim muassasalarining birida tarbiyachi bo‘lib ishlovchi 1990 yilda tug‘ilgan A.G. muntazam ravishda tarbiyalanuvchilarga nisbatan kuch ishlatib, qiynab kelgani aniqlangan. Hozirda ayrim tarbiyalanuvchilarning olgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Nodavlat ta’lim muassasa faoliyati bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ushbu holat nazoratga olingani, huquq tartibot organlari mas’ullari tarkibida Ishchi guruh tuzilgani haqida xabar bergan edi.
Bundan oldinroq shu kabi holat Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan edi. Viloyatning Urgut tumanidagi “Ko‘zmunchoq” xususiy bog‘chasida yosh bolani kaltaklagan tarbiyachi ishdan olingandi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust