Rossiya va Ukraina “160 ga 160” formatda asir almashdi
Olam
−
12:08 709 1 daqiqa
Kecha, 26 iyun kuni Rossiya va Ukraina 160 nafardan harbiy asirlarni o‘zaro almashdi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi almashinuv jarayoni Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida amalga oshirilganini ma’lum qilgan.
“Biz ukrainaliklarni Rossiya asirligidan qaytarishda davom etmoqdamiz. Bugun 160 nafar harbiy xizmatchi ozod qilindi”, deb yozgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ozod etilganlarning barchasi 2022 yildan buyon asirlikda saqlanayotgan bo‘lgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ham asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tganini tasdiqlab, o‘z tomoniga 160 nafar rossiyalik harbiy qaytarilganini ma’lum qilgan.
“Qaytarilgan rossiyalik harbiy xizmatchilar ayni paytda Belarus Respublikasida bo‘lib turibdi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan buyon harbiy asirlar va halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini almashish Moskva hamda Kiyev o‘rtasidagi hamkorlik saqlanib qolgan kam sonli yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyun kuni Rossiya va Ukraina “185 ga 185” formulasi bo‘yicha asirlarni almashgan edi.
Live
Barchasi