ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi?
Jamiyat
−
15 iyun 6946 1 daqiqa
ChatGPT (sun’iy intellekt)dan diniy savollarga javob izlash amaliyoti shar’iy jihatdan joiz emas. Bu haqda Musulmonlar idorasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ChatGPT va shunga o‘xshash sun’iy intellekt platformalari diniy savollarga javob berishga ojizlik qiladi.
“To‘g‘ri, ChatGPT platformasi ayrim sohalarda insonlarga foyda bermoqda. Ammo diniy savollarga to‘g‘ri javob berishga ojizlik qiladi. Chunki u ham inson omili tomonidan ishlab chiqilgan bir mahsulot”, deyiladi idora xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, ChatGPT ba’zan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berishi mumkin.
“Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boshqa fiqhiy manbalarda uchramaydi. Shu bois shar’iy masalalarga ahli ilm, mutaxassislarga murojaat qilish orqali yechim topish darkor”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning sun’iy intellektga ixtisoslashgan OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniya sifatida ro‘yxatdan o‘tgandi. Bu esa uni O‘zbekistonga soliq to‘lashini anglatadi.
Live
Barchasi